"Vest Xem" Diarra bilan shartnoma tuza olmadi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2015
Angliyaning "Vest Xem" klubi "Real" sobiq futbolchisi Lassana Diarra bilan shartnoma tuza olmadi.
Klub ustozi Sem Ellardays "Arsenal", "Chelsi" va "Portsmut"da o'ynagan futbolchi jamoa safida mashg'ulot o'tkazayotgani haqida va yozga qadar shartnoma tuzishini ma'lum qilgandi.

Biroq "Sautgempton"ga qarshi bahsdan so'ng (0:0) Ellardays FIFA avgustda Moskvaning "Lokomotiv" klubini tark etgan Diarraning klubga o'tishiga yo'l qo'ymagani haqida aytib o'tdi. Bu borada tafsilotlar yoritilmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru