"Vest Xem" "Bavariya" himoyachisi transferi borasida kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2024
"Bavariya" himoyachisi Nussair Mazraui faoliyatini Angliyada davom ettiradi.


Manba bergan xabarga ko'ra, "Vest Xem" marokashlik futbolchini 15 million evro (qo'shimcha 4 million evro bonus sifatida) evaziga transfer qilishga rozi bo'lgan.

"Bolg'achilar" futbolchi bilan bitim shartlari bo'yicha ham og'zaki kelishuvga erishgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal