"Vest Xem" "Barselona" tarbiyalanuvchisiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
22 mar 2022
“Udineze” vingeri Jerar Deulofeu yana APLga qaytishi mumkin.

U ilgari Angliyaning "Uotford" va "Everton" klublarida o'ynagan.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Londonning “Vest Xem” klubi 28 yoshli futbolchini nishonga olgan.

Qayd etilishicha, "bolg'achilar" skauti "Napoli" bilan o'yinda ispaniyalikning o'yinini kuzatib borgan.

Deulofeu – "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Uning transfer narxi 10 million evroni tashkil qiladi.

Futbolchi joriy mavsumda "Udineze” safida 26 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira