"Vest Bromvich" "Barselona"ning 31 yoshli futbolchisini sotib oladi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 21:47
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Vest Bromvich" 31 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Vermalen uchun yana bir davogar "Kristal Pelas"dir.

Vermalenning "Barselona" bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyulida yakuniga etadi. Kelishuvda futbolchining tovon puli 80 mln. evro etib belgilangan.

So'nggi mavsum Vermalen ijarada "Roma" sharafini himoya qildi, biroq jarohat va formasi yomonligi tufayli A Seriyaning bor-yo'g'i 9 ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports