Verner "Chelsi"dan kyetishga taraddud ko'rmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2022
Hujumchi Timo Verner "Chelsi"ni tark etishi mumkin.

"Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plettenberg yozganidek, Tomas Tuxel germaniyalik hujumchini umuman yoqtirmaydi.

Shu munosabat bilan futbolchi ushbu yozda boshqa klubga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Murabbiy bu masalada unga xalaqit qilmaydi. Biroq yakuniy qarorni qabul qilish uchun vaqt kerak bo'ladi.

Verner 2020 yildan beri klub safida 89 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland