Venger: "Mustafi haqida hech narsa deya olmayman, "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida o'ylayapman"

Aslanov Jasurbek
12 avg 2016, 15:18
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Valensiya" himoyachisi Shkordan Mustafi transferi borasida izoh berishni istamadi.

"Mustafi? Sizga hech narsa deya olmayman. Hozir transferlarga e'tibor qaratayotganim yo'q, chunki tez orada "Liverpul"ga qarshi o'ynaymiz. Biz g'alaba qozonishimiz kerak, transferlar esa bizga yordam bermaydi. Tarkibimiz kuchli va 3 ochko uchun kurashamiz. "Arsenal" bahsdan oldin 3 nafar himoyachisidan ayrildi, chunki Koselni, Mertezaker va Paulista tayyor emas. Qolgan yigitlarga ishonaman. Yangi futbolchi xarid qilsak, bu haqda sizlarga e'lon qilaman. Men markaziy himoyachi qidiryapman" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal