Venger Messi va Ronalduni bir-biriga taqqoslab, ulardan qay biri o'ziga ko'proq jalb qilishi haqida aytdi

Eldor Akmurzayev
8 sen 2019
Fransiyalik mutaxassis Barselona sardori Lionel Messi hamda Yuventus forardi Krishtianu Ronalduni bir-biriga teng dutbolchilar ekanligi haqida fikr bildirdi.

Ular shu qadar yaxshiki, ulardan birini tanlash mushkul. Ularda umumiy 10ta yil futbolchisi unvoni bor, har birida beshta beshtadan. Bu esa ularning bir darajada ekanligidan dalolat beradi. Messi – hal qiluvchi zarbalarni aniq amalga oshira oladigan ijodkor yigit. Ronaldu – hujumlarni yakunlab, havoda zo'r harakat qiladi, shuningdek, u jismonan ancha baquvvat. Messi esa ijodkorroq hisoblanadi. Messidek futbolchi o'ziga ko'proq jalb qiladi, – deydi Venger. 

Avvalroq, Venger Arsenal Messi bilan 2003 yili aloqaga chiqqani haqida oshkor qilgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: beIN SPORTS