

"Men jamoani kuchaytira oladigan futbolchilarni xarid qilaman. Xaridlarni shunchaki amalga oshirib bo'lmaydi. Qaysidir futbolchilar haqida turli fikrlar bo'lishi mumkin. Muxlislar fikri, jurnalistlar fikri va uchinchisi mening fikrim.
Yevropa futbol bozorida pul ko'p, ammo top-jamoalarni haqiqatdan ham kuchaytira oladigan futbolchilar kam. Chempionga aylana olmagan klublar katta pul sarflashadi. O'tgan mavsumda ingliz jamoalari sarflagan pullar "Lester"ning chempion bo'lishiga halaqit bera olmadi.
Marez va Lakazett? Transferlar xotirjamlikni talab qiladi. Transfer amalga oshmaguncha, ular haqida gapirmagan maqul. Matbuot-anjumanlarida bunday gaplardan qochish qiyin" - deydi Venger.



