Venger: "Dekabrda "Tottenxem" APL yetakchisi edi. Klubda etarlicha ambiciyalar bor"

Mirjalol Normatov
30 mar 2021, 23:30
"Arsenal"ning sobiq ustozi Arsen Venger "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn atrofidagi holatlar haqida to'xtaldi.

"Tottenxem" shunday holatdaki, klubning ambiciyalarini payqash juda qiyin bo'lmoqda. Ammo jamoaning holatini natijalarga qarab muhokama qilish qiyin. Dekabr oyida jamoa APL yetakchisi edi. "Arsenal"ni boshqarib yurgan paytlarimda jamoa bir necha marta turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilgandi.

Keyn kabi futbolchilar doimo boshqa klublar bilan bog'lanadi. Shu boisdan doimo futbolchining o'zi holatdan chiqib ketishi kerak bo'ladi. Keyn - "Tottenxem"ning asosiy yetakchilaridan biri. Uning o'z ishiga sodiqligini ko'rib, doimo qattiq hurmat qilaman", - dedi Venger.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal