Venger: "Arteta aqlli, ishtiyoqli va bilimga ega, ammo bularning barchasi Yungbergda ham bor"

Alisher
18 dek 2019, 14:56
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Mikel Arteta haqida fikr bildirdi.

"Men "Arsenal" muxlisiman va hozirgi paytda jamoani boshqarayotgan Yungbergni qo'llab-quvvatlayman. Arteta bosh murabbiy bo'lganda ham uni qo'llab-quvvatlayman.

Arteta aqlli, ishtiyoqli va bilimga ega, ammo bularning barchasi Yungbergda ham bor. Albatta, Artetaning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. U yordamchi murabbiy sifatida ko'p narsalarni o'rgandi", - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, Venger 1996-2018 yillar davomida "Arsenal"ni boshqargan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports