Venger: "Aleksis bilan kelishmovchilik haqidagi ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul"ga qarshi bahsda zaxirada qolgan Aleksis Sanches bilan kelishmovchilik yuzaga kelgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Sanches bilan mojaro haqidagi ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ha, uning feliga chidash qiyin, biroq u sodiq futbolchi. Sizlar ham o'z gazetangizni bir nimalar bilan to'ldirishingiz kerak va biz buni hurmat qilamiz. Har bir futbolchi bilan munosabatlarimiz yaxshi. Sanchesning shartnomasi 15 oydan so'ng yakuniga etadi, uning kelajagi klubga bog'liq" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph