O'zbekistonning ertangi raqibi Venesuela Osiyo terma jamoalariga qarshi qanday natijalar qayd etgan?

Narzulla Saydullayev
27 mar 2023
Ertaga, 28 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuela bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Janubiy Amerika vakili shu kungacha Osiyoning 9ta terma jamoasiga qarshi jami 18ta o'yin o'tkazgan. Shundan 8tasida Venesuela g'alaba qozongan. 5ta bahsda durang qayd etilgan va yana 5ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan.


Venesuela terma jamoasining Osiyo jamoalariga qarshi natijalari:
Xitoy - 1ta o'yin, 1ta mag'lubiyat (0:1)
Eron - 3ta o'yin, 1ta durang, 2ta mag'lubiyat (1:3)
Avstraliya - 1ta o'yin, 1ta durang (1:1)
Suriya - 2ta o'yin, 2ta g'alaba (6:2)
KXDR - 1ta o'yin, 1ta g'alaba (2:1)
Yaponiya - 5ta o'yin, 1ta g'alaba, 3ta durang, 1ta mag'lubiyat (6:6)
Janubiy Koreya - 1ta o'yin, 1ta mag'lubiyat (1:3)
BAA - 2ta o'yin, 2ta g'alaba (6:0)
Saudiya Arabistoni - 2ta o'yin, 2ta g'alaba (3:1)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Venesuela o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 28 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Jidda shahridagi "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadionida boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia