Vass "Atletiko"ga o'tmoqchi. Agar uni sotishmasa, "Valensiya"ga o'ynashdan bosh tortishi mumkin

Alisher
14 yanv 2022
"Valensiya" himoyachisi Daniel Vass "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

Daniyalik Madrid klubiga o'tishni xohlamoqda. Tomonlar bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan bitim borasida kelishuvga erishishdi. Madridliklar Vassni "Nyukasl"ga o'tib ketgan Kiran Tripperning o'rniga tanlashdi.

"Valensiya" 1 million evro miqdoridagi transfer taklifini rad etdi. Shundan so'ng o'yinchi klub uchun o'ynashni rad etishi mumkin, uning shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

"Valensiya" rahbariyati muhim o'yinchini qo'yib yubormoqchi emas, ammo jamoa bosh murabbiyi Pepe Bordalas futbolchini o'zi xohlamayotgan jamoada ushlab qolish xato deb hisoblaydi.

32 yoshli o'yinchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: As