Vardi va "Lester" shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishdi

Alisher
20 avg 2022
Hujumchi Jeymi Vardi "Lester" bilan yangi shartnoma imzoladi.

"Tulkilar" 35 yoshli forvard bilan bitimni 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirishdi.

Angliyalik "Lester"da 10 yildan ko'p vaqt davomida o'ynamoqda, u klubga "Flitvud Taun"dan 2012 yilning mayida o'tgan.

Vardi 387ta o'yinda 164ta gol urgan holda "Lester" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: lcfc.com