Vardi "Lester" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Alisher
13 avg 2022
"Lester" rahbariyati jamoa hujumchisi Jeymi Vardi bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar bu borada muzokaralar olib borishmoqda va kerakli hujjatlarni imzolashga tayyor.

Jeymining "Lester" bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

35 yoshli to'purar o'tgan mavsum APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 2ta assist qayd etdi. Jeymi 2012 yilning yozidan beri "Lester"da o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail