Vardi: "Germaniyaga qarshi uchrashuvdan so'ng telefonim "o'ldi", u yerda tonnalab xabarlar bo'lsa kerak"

Aslanov Jasurbek
28 mar 2016, 17:43
Angliya terma jamoasi va "Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (3:2) so'ng, uning telefoniga ko'plab xabarlar kelganini aytdi.

"Afsuski telefonim "o'ldi", shu sababli kimgadir javob beradigan xolatda emasdim. U yerda tonnalab xabarlar bo'lsa kerak, shu sababli telefonimning quvvati tugab qoldi" - deydi hujumchi.

29 yoshli futbolchi 31 yil ichida Angliya terma jamoasi safida gol urgan birinchi "Lester" o'yinchisi bo'ldi. Undan oldingisi (1985) Gari Lineker edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times