Vanden Borre uchun JCH-2014 tugadi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots himoyachi Antoni Vanden Borre JCH-2014da boshqa maydonga tushmasligini ma'lum qildi.
Vanden Borrening oyoq suyaklaridan biri singani aniqlandi. Antoni jamoa bilan birga qoladi, lekin mundialda boshqa maydonga tusha olmaydi, - deb yozadi Vilmots o'z tvitterida.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olib shifokorlar yordamida maydonni tark etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru