Van Deyk, Saloh va "Liverpul"ning boshqa asosiy futbolchilari Slot ishdan bo'shatilishini talab qilmoqda

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025
Jurnalist Jeyms Uotlandning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" sardori Virjil van Deyk, hujumchi Muhammad Saloh va boshqa bir qancha muhim o'yinchilar Arne Slotning "qizillar" bosh murabbiyligidan ketishini istamoqda.

Avvalroq APLning so'nggi uchta o'yinida zaxira o'rindig'ida o'tirgan Saloh Slotni hurmatsizlikda ayblagan va "Inter" bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmagandi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, van Deyk va boshqa yetakchilar misrlik hujumchini qo'llab-quvvatlab, Slotning ishdan bo'shatilishini talab qilmoqda.

Slot jamoa boshqaruvini 2024 yilning yozida qo'lga olgandi. "Liverpul" uning boshchiligida 2024/25 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgandi. Mutaxassis bungacha "Feyenoord", AZ va "Kambyure"da ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportbible.com