Valverde: "Rakitich - "Barselona" uchun muhim futbolchi"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitich haqida fikr bildirdi.

30 yoshli xorvatiyalikning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, Rakitich "Barselona" rahbariyatidan maoshi ko'tarilgan yangi bitim so'ragani, ammo klub futbolchining iltimosini bajarmagani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

"Klub jamoa tarkibida eng yaxshi futbolchilar o'ynashi uchun qarorlar qabul qiladi. Rakitich "Barselona" uchun muhim futbolchi. Ko'ramiz, ammo klub kerakli choralarni ko'radi" - deydi Valverde.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es