Valverde "Oltin to'p" uchun munosib nomzodni aytdi

Mirjalol Normatov
1 dek 2019
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdening fikriga ko'ra, 2019 yil yakunlariga ko'ra, Leo Messi "Oltin to'p"ga loyiq.

"Uzoq muddat davom etadigan tadbir va marosimlarni yoqtirmayman. Har yili biz futbolchilarning o'yinlariga qarab ovoz beramiz. Lekin munosib nomzodga ovoz berishni istasangiz, "Oltin to'p"ni shunchaki Messiga berishingiz kerak", - dedi Valverde.

Messi - "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi hisoblanadi. "Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi bu yil ham ushbu sovrinni qabul qilib oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express