Valverde: “Meni iste'fo bezovta qilmayapti”

“Barselona” bosh murabbyi Ernesto Valverde jamoasi La Liga doirasida “Levante”ga (1:3) imkoniyatni boy bergan bo'lsada, iste'foga chiqishdan bezovta bo'lmasligini ma'lum qildi.

“Tan olish lozim, safar o'yinlarida jamoamizda muammolar borligi ko'zga tashlanib qolmoqda. Ilgari aytganimdek, safar uchrashuvlarida yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati meni qoniqtirmayapti. Bunday o'yinlarga jiddiy e'tibor bilan yondashish lozim. Kutilmagan iste'fo meni zarracha cho'chitayotgani yo'q va men kelajakka ishonch bilan qarayapman”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

Kechagi uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramay “Barselona” La liga turnir jadvalida 22 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ko'k-anorranglilar chempionat doirasida navbatdagi uchrashuvni 9 noyabr kuni o'z maydonida “Selta”ga qarshi o'tkazadi.


Manba: AS