Valverde: "Biz Messining davrida yashaganmiz deb maqtana olamiz"

Mirjalol Normatov
7 dek 2019
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchi Leo Messi bilan birga faoliyati haqida gapirdi.

"Messini shug'ullantirish - juda katta afzallik beradi. Biroq har doim ham uning o'yinlaridan zavqlanish imkoniyatidan cheklab qo'yadi.

Vaqtlar o'tayotgan bo'lsa-da, uning o'yinlari yanada ko'proq yoqmoqda. Leoni shug'ullantirayotganim bois o'zimni omadli insonman deb ayta olaman.

Oldingi muxlislar Di Stefanoning davrida yashaganman deb maqtanganidek, biz ham Messining davrida yashaganmiz, deb maqtansak bo'ladi", - dedi Valverde.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal