Vali Sultonovning farzandi, "Bunyodkor" asosiy tarkibiga kirishga harakat qilayotgan Umid bilan intervyu

Narzulla Saydullayev
14 fev 2022
"Bunyodkor" klubining Turkiyadagi yig'ini davom etmoqda.

Championat.asia sayti muxbiri "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Umid Sultonov bilan suhbatlashdi.

- "Bunyodkor"ga kelishingiz qanday sodir bo'lgan?
- "Bunyodkor"ga 2015 yilda kelganman. Dastlab akademiyada tahsil oldim, 16 yoshimda Viktor Karpenko meni o'rinbosarlar jamoasiga taklif qilgan. Hozir Shuhrat Maqsudov jamoaning asosiy tarkibiga jalb qildi.

- Taniqli futbolchi va murabbiy Vali Sultonovning farzandisiz. Futbolchi bo'lishingizda otangizning hissasi katta bo'lganmi?

- Albatta, dadamga qiziqib futbolga kirib kelganman. Yoshligimda kelajakda dadamdan ham kuchli futbolchi bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman.

- Ko'pchilik sizni Jaloliddin Masharipovga o'xshatishadi. Siz ham xorazmliksiz. Ko'pchilik xorazmlik futbolchilar Toshkentga kelganida sheva bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lishini eshitganmiz. Sizda qanday bo'lgan?
- Boshida kelganimda shevam tufayli qiynalganman, boshqa bollardan ajralib yurardim. Keyin sekin-sekin o'rganib ketganman.

- Barcha futbolchilarning laqabi bor. Sizda ham laqab bormi?
- O'tgan yil "Bunyodkor" asosiy tarkibida tushishni boshlaganimda yoshi katta futbolchilar hazillashib "guruch" deb chaqirishdi. Shu-shu hozirgacha shunday chaqirishmoqda. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia