Vali Keldiev: "Zomin"ni uchinchi davra boshidan qabul qilib oldim"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018, 09:01
Pro-liga 25-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari”-“Zomin” (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vali Keldiev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

“Yozyovon” jamoasi uy uchrashuvlarida juda yaxshi o'yin ko'rsatadi. Shu sababdan biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Birinchi bo'lim juda og'ir tarzda o'tdi. Mezbonlarda ham bir necha bor gol urish uchun qulay vaziyatlar bo'ldi, lekin foydalana olishmadi. Ikkinchi bo'lim yakunida biz yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanib, g'alaba qozondik. Umuman olganda garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, jamoalar teng o'yin ko'rsatishdi.

Jamoani uchinchi davra boshidan boshlab qabul qilib oldim. Bizni jamoamizni kuchi birlikda, biz ahil jamoamiz. Yutuqlarimizga qayerdadir omad, qayerdadir esa mehnatlarimiz sabab bo'lmoqda. Jamoamiz futbolchilari o'tkazilayotgan uchrashuvlarda ko'proq to'pga egalik qilishmoqda, bu esa omad biz tomonda bo'lishiga olib kelmoqda deb o'ylayman.    

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia