Vali Keldiev: "Nurafshon"ni safarda 10 kishi bo'lib mag'lub etishni barcha jamoa ham uddalay olmaydi"

Mirjalol Normatov
21 avg 2018
O'zbekiston Pro-ligasining 22-turi doirasida "Nurafshon" (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Zomin" bosh murabbiyi Vali Keldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikki hil bo'limning guvohiga aylandik. Birinchi taymda mezbonlarning katta ustunligini ko'rdik. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Nurafshon" ham yaxshi jamoa ekan, to'pni o'zida ushlab turishni uddaladi. Ammo biz kabi ko'plab vaziyatlar yarata olmadi.

Bir kishi kam bo'lib qolganimiz o'z foydasini berdi. Futbolchilar mas'uliyatni ikki karra oshirishdi va o'z maqsadimizga etdik. "Nurafshon"ni safarda 10 kishi bo'lib mag'lub etishni barcha jamoa ham uddalay olmaydi", - dedi Vali Keldiev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia