Valeriy Karpin Shomurodov haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2019
Rossiya chempionatining 29-turida Rostov o'z uyida muddatidan oldin musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan Zenit bilan to'qnash keldi va minimal hisobda (1:0) zafar quchdi.

Uchrashuvda yagona gol esa Eldor Shomurodovning keltirgan penaltisi orqali urildi. Mazkur uchrashuvdan keyin rostovliklar vosh murabbiyi Valeriy Karpin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Taktik ko'rsatmalarni bazi futbolchilar aniq amalga oshira olmadi. 90 foiz holatlarda ko'rsatmalar bajarildi. Bazida esa yo'q. O'zgarishlarning birinchisi zaruriy, ikkinchisi esa rejalarimizni o'zgartirib yubordi. O'yinning so'nggi daqiqalarida yangi futbolchilarni bahsga qo'shmoqchi edik. Sababi, Shomurodov va Popov ulkan ishni bajarishdi. Shu sabab qiyinroq bo'ldi. Biroq, afsuski, biz zaxira o'yinchilaridan muddatidan oldin foydalanib bo'lgandik, – deya qayd etgan Karpin.

Eslatib o'tamiz, Rostov hozirda RPLda 41 ochko to'plagan holda 7-pog'onada turibdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia