

Ushbu vaziyat yuzasidan "Olmaliq" posboni o'z fikrlarini bildirdi.
"Qoidani buzdimmi? Bu haqida hakam qaror chiqarib bo'ldi. Menga qiziq jihati, uchrashuv nazoratchisi bu holat bo'yicha qanday baho berarkin. Bu juda qiziq", - deydi Valeriy Fomichyov.
Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvining 26-daqiqasida Fomichyov o'z jarima maydonchasi ichida to'pni egallab olganidan so'ng tizzasi bilan Stanislav Andreevga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi. Shuningdek, ushbu vaziyatdan so'ng bosh hakam "Olmaliq" darvozasi tomon 11-metrli jarima zarbasi ham belgilagandi.
Valeriy Fomichyov "Olmaliq" safidagi o'zining debyut uchrashuvida qizil kartochka bilan siylandi.



