Valeriy Gazzaev: TV-translyatsiya orqali yaxshi daromad olish uchun zamonaviy liga tashkil qilish lozim

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2014
Birlashgan chempionat tashkiliy qo'mitasi a'zosi Valeriy Gazzaev yangi tashkil etilayotgan turnirda jamoalar televizion translaciyalardan ham daromad olishlari mumkinligi haqida fikr bildirib o'tdi.
“Klublarning asosiy daromad manbaalari televideniya bilan bo'ladigan shartnomadan kelishi zarur. Yevropaning yetakchi klublari bu orqali bizdan 25-30 barobar ko'p daromad olishadi. Bizdagi oz daromadning sababi esa – primer-liganing eskicha formatdaligi, shuningdek, yetakchi va autsayder jamoalar o'rtasidagi o'ta zerikarli o'yindir. Muammoni echishning yo'li: zamonaviy futbol ligasini tashkil qilishdir”, - deya aytib o'tdi Gazzaev.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru