"Valensiya" tekinga "Milan" vingeri bilan shartnoma imzoladi

Alisher
13 iyul 2022, 15:25
Futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettiradi.

"Valensiya" rasmiy saytida "Milan" vingeri Samuel Kastilexoning o'tishini e'lon qildi.

Tomonlar 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. "Rossoneri" futbolchini tekinga qo'yib yubordi.

Kastilexo 2018 yildan beri "Milan"da o'ynayotgandi. 27 yoshli ispan jamoa tarkibida 113ta o'yinda madyonga tushib, 10ta gol va 15ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: valenciacf.com