"Valensiya" Kavani bilan ikki yillik shartnoma imzolamoqchi

Alisher
29 avg 2022
Forvard Edinson Kavani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 35 yoshli urugvaylik futbolchi uchun "Valensiya" davogarlik qilmoqda.

Klub vakillari bugun o'yinchi bilan shartnomani yana muhokama qilishmoqchi. Ispan jamoasi forvard bilan ikki yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Kavani 1 iyuldan "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlangani sabab erkin agentga aylandi. Forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRom