"Valensiya" Gattuzo bosh murabbiy bo'lishini ma'lum qildi

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2022, 07:08
"Valensiya" klubi matbuot xizmati 44 yoshli italiyalik murabbiyning "Mestaliya" stadioni fonida orqadan olingan suratini joylashtirdi.

Avvalroq Gattuzo ispanlar bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. U yerda murabbiy yiliga 3 million evro maosh va bonuslar oladi. 

Bungacha Gattuzo murabbiy sifatida "Napoli", "Milan" va "Piza"da ishlagan. 

"Valensiya" o'tgan mavsumda La Ligada 9-o'rinni egalladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/valenciacf