Vagiz Galiulin “Tosno” bilan Rossiya kubogi sohibiga aylandi FOTO

Rossiya kubogining final bahsi bo'lib o'tdi.

Unda yetakchi jamoalarni ortda qoldirib finalga qadar yetib kelgan “Tosno” hamda “Avangard” jamoalari o'zar bellashdi. Uchrashuv o'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin harakat qiladigan “Tosno”ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Natijada Galiulin jamoasi bilan birgalikda Rossiya kubogi sohibiga aylandi.

“Tosno” - “Avangard Kursk” 2:1

Gollar: 1:0 – 10 Skvorcov, 1:1 – 16 Kireev, 2:1 – 80 Mirzov.

“Tosno”: Yurchenko, Buyvolov, Suxarev, Chernov, Margasov, Skvorcov (Rikardino, 66), Jigulev (Karnickiy, 85), Galiulin, Palienko (Nunu Rosha, 58), Mirzov, Poletanovich.

“Avangard Kursk”: Kobzev, Dashaev, Gocuk, Bagaev, Gurfov, Korobov, Alshin, Netfullin, Bolov (Tlupov, 77), Kireev, Fedchuk (Akbashev, 82).

Ogohlantirishlar: Buyvolov (56), Fedchuk (76), Mirzov (81).


Manba: Championat.asia