

Hozircha hech qanday yangilik yo'q. Sukunat, xuddi hech kim hech kimga qarzdor emasdek. Yuristlar bu borada ishlashmoqda va o'z pullarimizni 100 foiz olishimizni aytishmoqda, ammo hozircha jim-jitlik. Rahbariyatdan hech kim qo'ng'iroq qilmayapti. O'tgan hafta bosh direktor Vyacheslavom Matyushenko bilan gaplashdik, u ham qayerdan pul olishni bilmayapti.
Bu klub uchun ancha mehnat qilgandik, Rossiya kubogini qo'lga kiritdik... Spartakni penaltilar seriyasida mag'lub etganimizda gubernator maydonga yugurib tushgan va shunday degandi: Sizlar – mening klubimsizlar, barcha narsani qilamiz, hech qachon tashlab qo'ymaymiz. Nega bunday aldash kerak? Axir bizning bolalalarimiz va oilamiz bor.
Umid qilamanki, ishlab topgan pulimizni olamiz, – deydi Galiulin.



