Vadim Abramov O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi qur'a haqida o'z fikrini bildirdi

Alisher
26 fev 2025
O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlangach, Samarqandning "Dinamo" klubi ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Samarqand klubi O'zbekiston kubogi "B" guruhida "Andijon", "Surxon" va yana bir saralashdan o'tgan jamoa bilan bahs olib boradigan bo'ldi.


"Odatdagidek, kuchli guruhlardan biriga tushdik. Qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Pley-offga chiqish uchun kurashamiz. Qizig'i, o'tgan mavsumdagidek kuchli raqiblar yig'ildi. "Andijon" kubokning amaldagi g'olibi, "Surxon" yarimfinal ishtirokchisi. "Andijon" bilan o'tgan yil ham bir guruhda edik va Andijonda 2:2 o'ynagandik. Bu safar yana Andijonga boramiz. O'z o'yinimizni ko'rsatishimiz va kurashish kerak. Muxlislarni qiziqarli o'yinlar kutib turibdi", - dedi Abramov.


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати