Vadim Abramov "Bunyodkor" boshqaruvida "Buxoro"ni mag'lub eta olmayapti

Aslanov Jasurbek
2 noya 2020
"Bunyodkor" jamoasi Coca Cola Superliga 22-turida "Buxoro" bilan durang o'ynadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi "Buxoro"ga qarshi o'yinda qatorasiga to'rtinchi bor durang qayd etdi. O'tgan mavsum birinchi davrasida safarda jamoalar 2:2 hisobida murosa ko'chasini tanlashgan bo'lsa, ikkinchi davrada Muhsin Muhammadiev ustozligidagi jamoa 1:1 hisobida durang bilan Toshkentda qimmatli bir ochkoga ega chiqqan edi. Bu mavsumda ham "qaldirg'ochlar" ikki uchrashuvda ham 1:1 natijasidagi durangga imzo chekishga majbur bo'lishdi. 

2019 mavsumda. "Buxoro" - "Bunyodkor" 2:2, "Bunyodkor" - "Buxoro" 1:1

2020 mavsumda. "Buxoro" - "Bunyodkor" 1:1, "Bunyodkor" - "Buxoro" 1:1


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia