

Ushbu guruhda ishtirok etadigan Andijonning “UzDongJu” jamoasi Quvasoyning “Cementchi” klubini qabul qildi. Sho'rbuloq dahasidagi maktab-internati stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda dastlab 2003-2004 yillda tavallud topgan yosh futbolchilar bahs olib borishdi. Ushbu o'yinda “UzDongJu” jamoasi yoshlari 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
2001-2002 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi o'yinda ham maydon egalari 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
2-tur bahslari 8-iyul kuni bo'lib o'tadi. Shu kuni “UzDongJu” yoshlari Xaqulobodda “Norin” jamoasi mehmoni bo'ladi.

“UzDongJu” FK matbuot kotibi Sherzodbek Mamadaliev tayyorladi.



