Uychi tumanida “Paxtakor” stadioni qayta ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi FOTO

Narzulla Saydullayev
7 dek 2015
Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan “Paxtakor” markaziy stadioni so'nggi paytlarda ta'mirlanishga muhtoj bo'lib qolgandi.

Shu bois bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi ko'magi bilan stadion qaytadan ta'mirdan chiqarildi va mamlakatimizda 8 dekabr konstitutciya kuni munosabati bilan Yurtboshimizning Uychi tuman ahliga munosib sovg'asi bo'ldi. Ishqibozlarga ma'lumki, “Paxtakor” stadionida birinchi liga vakili “Xotira-79” jamoasi raqiblarini qabul qilib keladi. Shu bois ham u erdagi sharoitlar bugungi kunga kelib, ijobiy tomonga o'zgartirildi.

Bugun mazkur stadion “Xotira-79” jamoasi uchun foydalanishga topshirildi. Aytish kerakki, ayni damda stadion shinam xolatda. Quyidagi suratlar orqali ko'rishingiz xam mumkin bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia