Usmon Toshev: "Muhimi to'g'ri yo'ldamiz. Shu yo'nalishda davom etishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021
Tojikiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining navbatdagi turida Yaponiyaga 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng tojikistonliklar bosh murabbiyi Usmon Toshev Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yigitlar harakat qilishdi. Nimadir o'xshadi ham. Tayanch zonasida bugun biroz diqqat yetishmadi. Umuman olganda futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Yaponiya bir necha yillardan beri oldinga intilib kelmoqda. Ularga gol ura olish mumkinligini shogirdlarim isbotlashdi. Bu ularga katta motivaciya bo'ladi, deb o'ylayman. Rejalashtirganimizdek ikkinchi tempda o'yinni davom ettirgan holda, raqib darvozasiga yo'l topdik. To'g'ri bizda tajriba va mahorat yetishmadi. Shunga qaramay, biz to'g'ri yo'ldamiz. Tojikiston futboli bosqichma-bosqich o'sib boryapti. Mana shu yo'nalishda davom etish kerak. 

Myanma bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Principial o'yin bo'ladi. Nima bo'lganda ham chiroyli o'yin uchun, g'alaba uchun o'zimizni tiklashimiz zarur. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun minimum imkoniyat saqlanib qolingan. Qolgani matematika. Futbolchilar kuchli raqib oldida ruhan sinib qolishmadi. Uchrashuv so'nggida ikkita yaxshi vaziyat yuzaga keltirishdi. Vaziyatlardan foydalanishda tajriba yetishmadi",- deydi Usmon Toshev Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia