

Myunxenliklar 22 yoshli fransiyalik futbolchiga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Saneni sotib olish qiyinlashayotganligi sababli qiziqishmoqda.
Qayd etish kerakki, "Barselona" agar Neymar kelsa, Dembele bilan xayrlashishga tayyor.
Jahon chempioni "Renn" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'yinchi "Barselona"dan tashqari "Renn" va Dortmundning "Borussiya" klublarida to'p surgan va 2016 yildan buyon Fransiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assistga erishgan.




