Upomekano uchun kurashda "Arsenal" g'olib bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020, 12:59
"Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekano yozda "Arsenal"ga o'tadi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, buning uchun londonliklar 40 million evrodan voz kechishga to'g'ri keladi. Upomekanoning nemis klubi bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. 

Hozirda uni "Milan", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kabi klublar kuzatib bormoqda. Ushbu mavsumda Dayo Bundesliganing 21 o'yinida 1 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport