Uorren Zair-Emeri Fransiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan so'nggi 109 yildagi eng yosh futbolchiga aylandi

Nozimov Nig'monxo'ja
19 noya 2023
PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Fransiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan so'nggi 109 yildagi eng yosh futbolchiga aylandi.

U Evro-2024 saralashida Gibraltarga qarshi o'yinda (14:0) maydonga tushdi. Bu vaqtda u 17 yoshu 8 oy va 11 kunlik edi.

Shuningdek, Uorren Zair-Emeri uchrashuvning 16-daqiqasida Gibraltar darvozasiga gol urdi va shunga mos ravishda Fransiya terma jamoasining 109 yildagi eng yosh gol urgan futbolchiga aylandi.

Fransiya tarixidagi eng yosh futbolchi esa Moris Gastij bo'lib qolmoqda. U 1914 yil 8 fevralda 17 yosh 4 oy 5 kunligida Lyuksemburgga qarshi o'yinda Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oradan bir oy o'tib, 1914 yilning 8 martida “uch ranglilar” safida Shveytsariya darvozasini ishg'ol qilgan.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com