

"Oldimga ikkita maqsad qo'yganman: "Aston Villa" bilan sovrin yutish va jamoani evrokuboklarga olib chiqish.
Ushbu mavsumda biz Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchradik va bor e'tiborni chempionatga qaratdik.
APLdagi o'yinlar bizning bir qancha jarayonlarimizni oldinga surib yubordi. Biz yaxshi davrni o'tkazyapmiz. Biroq yomonlariga ham tayyor bo'lishimiz kerak", - dedi Emeri.
Emeri jamoaga kelganida "Aston Villa" APL turnir jadvalida 16-o'rinda edi. Ayni damda jamoa 6-o'ringa ko'tarilib olgan.



