Unai Emeri: "Bavariya" juda kuchli jamoa va yaqqol favorit"

Narzulla Saydullayev
6 apr 2022, 00:11
Murabbiy YCHLdagi yaqinlashib kelayotgan o'yin haqida gapirdi.

"Vilyarreal" ustozi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yin borasidagi o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

"O'z uyimizda ajoyib o'yin ko'rsatmoqchimiz. Imkoniyatimiz bor. Undan foydalansak kifoya.

"Bavariya"ga katta hurmat bilan yondoshamiz, ammo bor kuchimiz bilan g'alaba qozonishni istaymiz.

O'z uyimizdagi o'yinda bor kuchimizni ishga solib, javob o'yiniga intrigani saqlab qolishimiz lozim. "Bavariya" juda kuchli jamoa va ular yaqqol favorit", -deydi Unai Emeri.

Ma'lumot uchun, "Vilyarreal" - "Bavariya" uchrashuvi ertaga yarim tunda o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: UEFA.com