Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Xayrulla Xoliqov
16 dek 2019
Ko'rfaz Kubogi yakuniga etganidan so'ng Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi.

Ushbu jamoani gollandiyalik Ervin Kuman boshqarib kelayotgandi. Lekin Ko'rfaz Kubogidagi qoniqarsiz ishtirok sabab Ummon futbol federatsiyasi Ervin Kumanni iste'foga chiqardi. Bunga sabab ummonliklarning guruhdan chiqa olishmagani bo'ldi.

Ervin Kuman shu yilning fevral oyida Pim Verbekdan so'ng terma jamoani qabul qilib olgandi. Endilikda Ummon JCH-2022 saralash bosqichining qolgan o'yinlarini boshqa murabbiy qo'l ostida o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com