Umidjon Hamroev: "O'yin amaliyotisiz qolib ketgandim. "Mashal"da murabbiylar ishonmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
10 apr 2024
Ayni paytga kelib Pro ligada o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan ikki jamoa qoldi.

Hozircha "Buxoro" va "Mashal" darvozabonlari 5 ta turda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qola oldi. Ayniqsa muborakliklar posboni Umidjon Hamroev har bir o'yinda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. "Buxoro" bilan o'yindan so'ng kiper bu borada fikrlarini bildirib o'tdi. 



"Xudoga shukurki, darvozabon sifatida o'z vazifamni bajaryapman. Barcha uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Murabbiylarimizning ko'rsatmalari samarasi shu natijalar qayd etilmoqda. "Buxoro" bilan o'yinda qiynaldik. Bu oddiy jamoa emas. Qolaversa, o'ziga yarasha bosim bor edi. Durangdan qoniqdik desam ham bo'ladi. Bir ochko ham ochko. Uch ochko undan ham yaxshi bo'lardi. 

Murabbiylarning ishonchi tufayli o'z o'yinimni ko'rsatishga harakat qilyapman. Vaqtida o'yin amaliyotisiz qolib ketgandim. Yana formamga qaytyapman",- deydi Umidjon Hamroev. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia