Umid Ahmadjonov va Osiyo chempionlari Qibray tumanidagi Akademik liceyga borishdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2018
Bugun 21 fevral kuni MOQ prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qibray tumani Baytqo'rg'on qishlog'idagi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent Akademik liceyiga tashrif buyurdi.

Umid Ahmadjonov bu o'quv dargohidagi sportchilarni tayyorlash bo'yicha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tashrif davomida liceyda tahsil olayotgan bir qancha sportchilar - erkin kurash bo'yicha tuman miqyosidagi, Respublika miqyosidagi chempionlar bilan  ham uchrashib, suhbatlashildi. Liceyda yosh chempionlarni tayyorlash uchun qanday sharoitlar zarurligi, nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida licey mamuriyati bilan fikr almashildi.


Shundan so'ng, Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozongan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchilar – Zabihullo O'rinboev, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov, Suxrob Nurullaev licey o'quvchilari bilan uchrashib, Osiyo chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi. Shuningdek, o'quvchilar ularga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar olishdi. Chempionlar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com