Umar Eshmurodov: "O'zbekiston guruhdan muammosiz chiqishi kerak"

Iskandarov Abdulaziz
28 iyul 2023
Xabaringiz bor, kecha JCH-2026, Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Eron, Turkmaniston jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Yana bir raqibimiz Gonkong va Butan o'rtasidagi o'yinlardan so'ng aniqlanadi. Bu borada terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodovning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Qur'a natijalaridan so'ng bu guruhdan bemalol chiqishimiz kerak, degan fikr yuzaga keldi. Eron va Turkmaniston bilan yaqinda to'qnash keldik. Asosiy vazifa keyingi bosqichga yo'llanma olish. U yerda esa Jahon chempionati vazifasini bajarishni o'ylashimiz kerak. Bizning terma jamoamiz ham sinovlardan o'tib qiyin o'yinlarga tayyor holatga keladi, deb o'ylayman. 

Murabbiylar ishlab chiqqan reja bor. Muhimi oldimizga maqsad qo'yganmiz. Bu yo'lda rahbarlar, murabbiylar, futbolchilar hamma harakat qilyapti. Shunday ekan xotirjamlik haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas",- deydi Umar Eshmurodov. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia