Ulug'bek Mirzaev: "Hozirdan "Nasaf"dan qo'rqish yoki xayiqish degan narsa yo'q"

Mirjalol Normatov
8 fev 2023
Bir necha soat oldin yakunlangan qur'a natijalariga ko'ra "Andijon" jamoasi dastlabki turni safarda "Nasaf"ga qarshi o'tkazishi aniq bo'ldi.

Mazkur jarayon haqida "Andijon" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Farg'onadagi stadion 20 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo kubogi uchun band bo'lganligi tufayli Qarshida o'ynaydigan bo'ldik. Ikkinchi turni "Surxon"ga qarshi neytral yani "Paxtakor" stadionida o'tkazamiz. Uchinchi turda Farg'onada "Bunyodkor"ni qabul qilamiz. Birinchi turda kuchli raqib tushdi. Mavsum boshida jamoalarning holati teng bo'ladi. Hozirdan "Nasaf"dan qo'rqish yoki xayiqish degan narsa yo'q. Yaxshi tarkib yig'ib oldik, deb o'ylayman. Qanday natija bo'lishidan qatiy nazar jamoaga xulosa 4-5ta turda beriladi. Shu oraliqda o'zimiz uchun kerakli ochko jamg'ara olsak, o'ylaymanki haqiqiy bahoni berishadi. 

Foydali yoki foydasiz tushganini vaqt ko'rsatadi. Nima bo'lganda ham intilamiz, o'z ochkolarimizni ishlashga harakat qilamiz", - deydi Ulug'bek Mirzaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia