Ulug'bek Baqoev: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"

Narzulla Saydullayev
4 noya 2017, 22:35
Oliy liganing 27-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” (2:2) o'yinidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Garchi qayd etilgan durangdan so'ng Baqoevning kayfiyati keskin tushib ketgan bo'lsada, Buxoro ustozi jurnalistlar savollariga hamin qadar javob berib o'tdi.

- Futbolchilarim , “Buxoro”ning ashaddiy muxlislariga,  umuman barcha-barchalariga rahmat deyman. Bugungi o'yinda ular nimaga qodir bo'lishsa hammasini ko'rsatishga erishdi. Shogirdlarim ajoyib o'yin namoyish etdi. O'yinchilarimiz  bilan doimo faxrlanaman. Ularga hech qanday etirozim  yo'q. Hakamlar  xarakati bo'yicha har safar aytganimdek, ularning ishini baholab boruvchi o'z nazoratchilari bor. Men faqat o'z jamoam o'yinchilarini gapirishim  mumkin xolos.  Shuni aytib o'tishim joizki, jamoamiz  har qanday xolatda bo'lishidan qatiy nazar, har bir o'yinda  g'alaba uchun kurashishga tayyor - deydi Ulug'bek Istamovich.

"Buxoro" matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia