Ulug'bek Baqoev "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin: "Hakamlarni baholash mening vakolatimga kirmaydi"

Narzulla Saydullayev
15 sen 2022, 17:25
Superliganing 16-turidan o'rin olgan, qoldirilgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik, bir qator hujumlar qildik. Ammo chetlatish barchasini sindirdi. Shunga qaramay baribir biz yaxshiroq o'ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman. 10 kishi bo'lib raqibdan ko'proq hujum qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Hakamlarning qarorlarini muhokama qilmoqchi emasman. Bu birinchi marta bo'lmayapti, ularga baho beradigan maxsus komissiya bor. Hakamlarni baholash mening vakolatimga kirmaydi", - dedi Ulug'bek Baqoev.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 12-daqiqasida "So'g'diyona" futbolchisi VAR yordamida maydondan chetlatilgandi.





Vladimir Ejurov: "10 kishi bo'lib o'ynash oson emas"        



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia